Qahramon Quronboyev: «O‘zMU talabalarini Xalqaro internet olimpiadasida oltin va kumush medallarni qo’lga kiritgani munosabati bilan qutlayman! Barakalla!»

Kimyo fani bo‘yicha ilmiy maktabga ega bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston

Milliy universitetining iqtidorli talabalari dunyoning turli mintaqalarida o‘tkazilayotgan ochiq xalqaro internet olimpiadalarida faol ishtirok etib, g‘oliblik shohsupalaridan munosib o‘rin egallamoqda.

Фото Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev.

O‘tgan yili Kimyo fakulteti talabalaridan ikki nafari ana shunday xalqaro internet olimpiadalarida kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, 2018-yil 16-mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi ochiq xalqaro internet olimpiadasida 3-kurs talabalari Jaloliddin Xushvaqtov oltin, Davronjon Abduvohidov kumush medal sohibi bo‘ldi!

Mazkur nufuzli olimpiadaning hal qiluvchi bosqichida O‘zbekiston, Rossiya, Belarusiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarning 165 ta oliy ta’lim muassasalaridan 1443 nafar talaba ishtirok etdi. 180 daqiqa davom etgan onlayn olimpiada naqadar hayajonli o‘tganini tasavvur etish qiyinmas.

Nihoyat, olimpiada natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, kimyo fani bo‘yicha 85 ta oliy ta’lim muassasasidan 372 nafar talabalar kuch sinashgan mazkur turda universitetning iqtidorli talabalari eng yuqori pog‘onalardan o‘rin egallagashdi.

– Bir paytlar “Dunyoning taniqli kimyogarlari” kitobini o‘qib, undan munosib o‘rin olgan kimyogar akademiklar – Obid Sodiqov, Shukur Tolipov, Sobir Yunusov, Malik Nabiyev, Karim Ahmedov, Hamdam Usmonovlarga havas qilganman,– deydi oltin medal sohibi Jaloliddin Xushvaqtov.– Bu ulug‘ ustozlar ham biz kabi talabalik yillari qancha olimpiadalarning g‘oliblari bo‘lganlari shubhasiz. Ana shu ustozlar izidan borib, kelgusida mamlakatimiz kimyo fani rivojiga o‘z innovatsiyalarim bilan munosib hissa qo‘shishga harakat qilaman.

ЎзМУ Ахборот хизмати
Qahramon Quronboyev O’zMU talabalarini qutladi! facebook.com/kuranbaev.k/posts/246550122554329

You may also like...

1 Response

  1. Nifuzli olimpiadan birinhi va ikkinchi õrinni olgan universitetdoshlarimuzning yutuği bizni albatta quvontiradi. Ularning kelgusi ishlarida ulkan muvofiqqiyat tilab qolamiz. Olğa!!!!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>