Sermazmun davra suhbatlari

Ma’nan yuksak yoshlar barkamol bo`ladi.

ук2 ук1

2016 yilning 14 sentabr kuni tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi O`RQ-406 sonli qonunining mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirish va targ`ib qilish maqsadida universitetda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, soha mutaxassislari, olimlari, professor-o`qituvchilar bilan birgalikda O`zbekiston Milliy universitetida muntazam ravishda davra suhbatlari va targ`ibot tadbirlari o`tkazilib kelinmoqda.

2016 yil 13-14 oktabr kunlari universitetning barcha talabalar turar joylarida mazkur qonunning mazmun-mohiyati haqida yana chuqqurroq bilim berish va talaba-yoshlarga keng targ`ib qilish maqsadida davra suhbatlari o`tkazildi. Ushbu tadbirlarda universitetning “Pedagogika”, “Milliy g`oya”, “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik”, “Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “I`qtisod nazariyasi”, “Falsafa va mantiq”, “Etika va estetika”, “O`zbekiston tarixi” kafedralarining professor-o`qituvchilari o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ushbu qonunning mazmun-mohiyati haqida “Axborot soatlari”da ham ma’lumotlar berildi va biz yoshlar shunga munosib bo`lishga intilamiz.

 Dilafruz Abdujalilova,

Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>