Talabaman, talaba

Talaba ijodidan

vf7

Ortda qoldi uyqu bilmas tunlarim
Hayajonla õtgan har bir onlarim
Yaratgan yetkazgan ushbu kunlarim
Boshimga qöngan omadim, baxtim

Yordam berdi ota-onam duosi
Qõllab turdi döstlar mehrigöyosi
Oftobdek yorishdi qalbim ziyosi
Böldim endi oliygoh talabasi

Baralla aytaman baxtga erishdim
Mashaqqat daraxti berdi mevasin
Sarguzashtlarga boy talabaligim
Bejiz sanalmas – bu oltin davrim

Endi his qilyapman quvonch tõla baxt
Orzularim bunyodiga böldi bari taxt
Hissa qöshish maqsadim yurt iqboliga
Ishonaman buyuk xalqim kelajagiga.

Tõxtab qolmay õrganishdan,
Tolmay hech bilim olishdan
Yurtimning ertasi bog’liq bizlarga
Bõlajak mutaxasis — talabalarga

Mahliyo Izzatullayeva,

Mirzo Ulug’bek nomidagi Õzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabasi

You may also like...

2 Responses

  1. Mahliyoxonning she’rlarida talabalik gashtining sururidan zavqlangan qalb harorati bor. Ma’no va mazmun yaxshi. Biroq she’r barmoq vaznida yozilgan-u, uning vazn talablari biroz sezilmagan. Turoqlanish va qofiyalanishni yanada go’zallashtirish bilan haddi a’losiga erishish mumkin. Bo’g’inlar soniga e’tibor berilsa, mukammallik yanada bo’rtadi.

Добавить комментарий для Ilhom Rizo Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>