UCHILDIZ.UZ ВЕБ-САЙТИГА ХУШ КЕЛИБСИЗ!

Ассалому алайкум қадрли ижодкор дўстлар ва азиз мухлислар!

3 ILDIZ

Инсон ҳаётда муносиб ўрнини топиш, бахтли яшашга интилади. Шундай эзгу мақсадда улғаяётган ҳар бир йигит-қиз улкан дарахт янглиғ униб-ўсиши учун учта маънавий илдизга эга бўлиши лозим. Бундай илдизлар отиш талабалик даврига тўғри келар экан. Бу илдизларнинг биринчиси, ҳақиқий инсон бўлиш! Иккинчиси, пухта билим эгаллаб, чинакам мутахассис бўлиб етишиш! Учинчиси, севги-муҳаббат билан оила қуриб, бахтга эришиш!

Атоқли адиб Пиримқул Қодировнинг машҳур “Уч илдиз” романида талабалар ҳаёти мисолида ана шу ажойиб ғоя юксак бадиий маҳорат билан ёритилганини яхши биласиз. Асарни теран нигоҳ билан ўқиб, ўлмас ғояларни қалбларига жо этган ва ҳаётда шундай уч илдизига эга бўлганлар чинакам саодатга эришганларига шоҳидмиз.

Веб-сайтимиз ижодкорларининг мақсади: бугунги ёш авлод ҳам орзу-ниятларига эришишлари, ҳаётда муносиб ўрниларини топишлари учун ана шундай теран илдизлар отишига маънавий мададкор бўлишдир.

Шу ниятда веб-сайтимизда улуғ устозларнинг сабоқлари, олимлар, ёш тадқиқотчилар, журналистлар, шоиру адибларнинг илмий-оммабоп ва турли мавзудаги мақолалари, бадиалари, шеърлари, ҳикоялари ҳамда ёш истеъдод соҳибларининг ижодий машқларидан ёритиб боришни режалаштирдик.

Пиримқул Қодиров ва Тўлқин Эшбек 1987 йилда Қибрай туман газетаси таҳририятида.

Пиримқул Қодиров ва Тўлқин Эшбек 1987 йилда Қибрай туман газетаси таҳририятида.

Веб-сайтимиз муҳаррири – Тўлқин Эшбек. У Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети журналистика факультети доценти, “Ёш матбуот котиблари клуби” раҳбари, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси ҳамда Журналистлар ижодий уюшмаси аъзоси. Айни пайтда ЎзМУ Ахборот хизмати раҳбари сифатида у ҳар ҳафтада республикамиз оммавий ахборот воситаларида ёритилаётган муҳим хабар ва мақолалар асосида “Ахборот соатлари” материалларини тайёрлайди.

Талабалар учун “Ахборот соатлари” маълумотлари билан мазкур веб-сайтимизда танишиб боришингиз мумкин.

Ижодий гуруҳ:

Маҳлиё Мирсоатова, ЎзМУ Журналистика факультети декани.

Отабек Тиллаев, ЎзМУ Журналистика факультети деканининг маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари.

Соҳиба Солиева, ЎзМУ Журналистика факультети деканининг амалиёт бўйича ўринбосари.

Дилмурод Усмонов, ЎзМУ Журналистика факультети деканининг илмий ишлар бўйича ўринбосари.

Равшан Омонов, ЎзМУ Журналистика факультети магистранти.

Хуршид Қодиров, Ўзбекистон Телерадиокомпанияси ходими.

Таҳрир ҳайъати:

Насимхон Раҳмонов, филология фанлари доктори, профессор.

Нигора Умарова, сиёсий фанлар номзоди.

Мансур Юнус, Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги “Маънавият ва маърифат” маркази “Ёшларнинг инновацион лойиҳалари ва янги ғояларини жорий этиш” гуруҳи раҳбари.

Наргиза Дусимбетова, Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги “Маънавият ва маърифат” маркази “Ёшларнинг инновацион лойиҳалари ва янги ғояларини жорий этиш” гуруҳи услубчиси

Аҳмат Холбобоев, Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги “Маънавият ва маърифат” марказида “Ёшларнинг инновацион лойиҳалари ва янги ғояларини жорий этиш” гуруҳи услубчиси.

Веб-сайт учун масъул – Тўлқин Эшбек, Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети доценти.

Электрон манзилимиз: tueshbek@mail.ru

———————————————————————————

UCHILDIZ.UZ VEB-SAYTIGA XUSH KELIBSIZ!

 

HAR BIR INSON HAYOTDA MUNOSIB O’RNINI TOPSIN!

Assalomu alaykum qadrli ijodkor do’stlar va aziz muxlislar!

Inson hayotda munosib o’rnini topish, baxtli yashashga intiladi. Shunday ezgu maqsadda ulg`ayayotgan har bir yigit-qiz ulkan daraxt yanglig` unib-o’sishi uchun uchta ma’naviy ildizga ega bo’lishi lozim. Bunday ildizlar otish talabalik davriga to’g`ri kelar ekan. Bu ildizlarning birinchisi, haqiqiy inson bo’lish! Ikkinchisi, puxta bilim egallab, chinakam mutaxassis bo’lib etishish! Uchinchisi, sevgi-muhabbat bilan oila qurib, baxtga erishish!

Atoqli adib Pirimqul Qodirovning mashhur “Uch ildiz” romanida talabalar hayoti misolida ana shu ajoyib g`oya yuksak badiiy mahorat bilan yoritilganini yaxshi bilasiz. Asarni teran nigoh bilan o’qib, o’lmas g`oyalarni qalblariga jo etgan va hayotda shunday uch ildiziga ega bo’lganlar chinakam saodatga erishganlariga shohidmiz.

Veb-saytimiz ijodkorlarining maqsadi: bugungi yosh avlod ham orzu-niyatlariga erishishlari, hayotda munosib o’rnilarini topishlari uchun ana shunday teran ildizlar otishiga ma’naviy madadkor bo’lishdir.

Shu niyatda veb-saytimizda ulug` ustozlarning saboqlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar, jurnalistlar, shoiru adiblarning ilmiy-ommabop va turli mavzudagi maqolalari, badialari, she’rlari, hikoyalari hamda yosh iste’dod sohiblarining ijodiy mashqlaridan yoritib borishni rejalashtirdik.

Veb-saytimiz muharriri – To’lqin Eshbek. U Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dotsenti, “Yosh matbuot kotiblari klubi” rahbari, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi. Ayni paytda O’zMU Axborot xizmati rahbari sifatida u har haftada respublikamiz ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan muhim xabar va maqolalar asosida “Axborot soatlari” materiallarini tayyorlaydi.

Talabalar uchun “Axborot soatlari” ma’lumotlari bilan mazkur veb-saytimizda tanishib borishingiz mumkin.

Ijodiy guruh:

Mahliyo Mirsoatova, O’zMU Jurnalistika fakulteti dekani.

Otabek Tillaev, O’zMU Jurnalistika fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari.

Sohiba Solieva, O’zMU Jurnalistika fakulteti dekanining amaliyot bo’yicha o’rinbosari.

Dilmurod Usmonov, O’zMU Jurnalistika fakulteti dekanining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari.

Ravshan Omonov, O’zMU Jurnalistika fakulteti magistranti.

Xurshid Qodirov, O’zbekiston Teleradiokompaniyasi xodimi.

Tahrir hay’ati:

Nasimxon Rahmonov, filologiya fanlari doktori, professor.

Nigora Umarova, siyosiy fanlar nomzodi.

Mansur Yunus, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi “Yoshlarning innovatsion loyihalari va yangi loyalarini joriy etish” guruhi rahbari.

Nargiza Dusimbetova, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi “Yoshlarning innovatsion loyihalari va yangi g`oyalarini joriy etish” guruhi uslubchisi

Ahmat Xolboboyev, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Yoshlarning innovatsion loyihalari va yangi g`yalarini joriy etish” guruhi uslubchisi.

Veb-sayt uchun mas’ul – To`lqin Eshbekov, Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti dotsenti

Elektron manzilimiz: tueshbek@mail.ru

Вам может также понравиться...

Ответов: 67

  1. Бўлажак журналистлар учун ажойиб сайт!

  2. Sayt bizlarga mutlaqo ma’qul.

  3. Zokir Shoyimov:

    Ustozimiz To’lqin aka Eshbekov har doim yoshlar uchun tinmasdan izlanadilar, biz bo’lajak jurnalistlarga saboq berish bn bir navbatda hayot falsafasi asli qandayligini uqtirishga harakat qiladilarki biz bu mehnatlarni astoydil oqlash umididamiz. Rahmat Ustoz.

  4. To’g’ri aytasiz Zokir aka.Ustozimiz biz yosh jurnalistlarni ijodiy barkamollikka chorlamoqdalar.Ota bobolarimiz «Ustoz otangdan ulug» deb bejizga aytimaganlar.

  5. Donish domlamizning harakatlari bilan shunday go`zal sayt ochildi va barchani bu saytga taklif qilamiz.

  6. OLTINOY MADAMINOVA:

    QALAMNI CHARHLASH UCHUN AJAYIB IMKONIYATLAR YARATIB BERADI BU SAYT

  7. Sayt faoliyatidan benihoya mamnunman.

  8. Agar bu sayt bizning 1- kurs vaqtimizda ochilganidami, hozir evronews bizni kurdoshlani talash qilibishga ishga olarmidi.

  9. Bu sayt orqali ko’pchilik yosh ijodkorlarning malakasi oshadi va bu biz uchun ajoyib imkoniyat !!!

  10. Bu sayt orqali ko’pchilik yosh inodkorlarning malakasi oshadi va bu biz uchun ajoyib imkoniyat !!!

  11. Bu sayt orqali ko’pchilik yosh ijodkorlarning malakasi oshadi va bu biz uchun ajoyib imkoniyat !!!

  12. Bu sayt orqali ko’pchilik yosh ijodkorlarning malakasi oshadi va bu biz uchun ajoyib imkoniyat !!!

  13. Iye uzr net qotib qoldi uchun ….. Ko’payib ketibdi

  14. sayt menga va tengdoshlarimga juda ko`p ma’naviy ozuqa berayotganiga shubxam yo`q

  15. Sayt faoliyatiga omad tilayman!

  16. Bizning saytimiz Gennisning rekordlari kitobiga kirishi aniq albatta va biz bunga ishonamiz!

  17. Ha aytgancha kichik bir YANGILIK, Saytimizning faoliyati to`g`risisida boshqalar ham qiziqib bizdan uning faoliyati to`g`risida so`rashmoqda.

  18. Hozirgi zamon texnikasi juda rivojlangan.Shuning uchun ham hozirgi zamon yoshlari ham teran fikrlaydigan,inteliktual salohiyatlidir.Shunday ekan ularga ta’lim berish prinsipi ham o’zgargan desak mubolag’a bo’lmaydi.Shuni nazarda tutgan holda men bunday internet tarmog’ida dars o’tishning zamonaviy uslubidan foydalanayotga muallimlariz ko’payib borayotgandan juda hursandman.Zero ta’lim olish har bir inson uchun ham farz,ham qarz.

  19. Ushbu sayt nafaqat iqtidorli talabalarning iwlariga imkon,balkim zamonaviy ta’lim metodidir.Ushbu internet orqali mavzularni yetqazib berish va talabalarning salohiyatini oshirishga qaratilgan dars berish yo’li o’ta samarali va albatta bu ta’lim ilk bor qo’llanilmoqda.Ushbu izlanishlarda ustozimizga charchamaslikni va doim harakatda bo’lishlarini tilab qolamiz.Hurmat bilan O’zDSMI 2-kurs talabasi Dilfuza.

  20. Har bir inson bu hayotga bir marta kelarkan albatta o’z oldiga ulkan maqsadlar bir qo’yib yashamog’i lozim! Ushbu sayt orqali bizga yangicha fikr g’oyalarni o’zaro muloqot qilish va to’g’ridan to’g’ri bayon qilish imkonini bermoqda.

  21. Akmal Abdullaev:

    Yuqoridagi do’stimizning fikriga mening fikrim:xozirgi yoshlarimiz ya’ni biz texniksiz xam bizning yoshlar teran fikrlaydiga,aqlli,zukko,zehnli bo’lishgan va bolishadi chunki bizning bobolarimiz bundan bir necha ming yillar ham avval butun dunyoni lol qoldirgan va xali xamon bularning buyuk xizmatlari xechkimni yodidan ochgani yoq ochmaydi xam zero bunday ulug mutafakkirlarnig avlodi ekanmiz bizga menimcha bu narsalar texnikani kop darajada axamyati yoq deb oylayman. Albatta texnika bular uchun xozirgi kunda bir turtki. Lekin men notogri oylagandirman buning uchun sizlardan uzr soreman bu meni fikrim edi. Darxaqiqat mana shunday Tolqin Eshbekdek ziyoli,ma’rifatparvar ustozlar bor ekan bizning yoshlar ilm izlayveradi mana shunday ustozlar bor bo’lishsin tashakkur…

  22. Akmal Abdullaev:

    O’ZDSMI Talabasi Akmal Mirzo Abdullaev

  23. Ассаломуалейкум устоз. Институтимизда ҳам талабалар ўртасида янада ўзгача мана шу «Уч илдиз»нинг яна уч илдизларини яратсак

    • Жуда яхши таклиф! Сиз азиз талабаларимиз нима десангиз шу. Бу сайт Сизларники. Уни чинакам ижод ва маърифат боғига айлантириш, пировардида, азиз талабаларимиз етук кадр, ҳақиқий инсон бўлиб, ҳаётда муносиб ўрниларини топсалар бўлгани!

  24. qadimdan manavyat madaniyat wakillanib kelgan ajdodlarimiz bizgaca koplab malumotlar qoldirishgan ular qoldirgan malumotlardan oqib organib kerakli malumotlar olamiz va xulosa ciqaramiz

  25. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlariday «Tarixsiz kelajak yo’q».biz qachonki tariximizni bilsak shunda o’zligimizni anglaymiz.bu darslikdan o’zim ucun yangi ma’lumotlarga ega bo’ldim

  26. Assalomu aleykum Ustoz. Bizga bildirayotgan ishonchingiz uchun katta rahmat. Saytdan foydalanish davomida erkin fikrlash qobilyatim kengayib borayotganidan juda ham xursandman. «Uchildiz» izlanishdan charchamaydigan talabalar uchun ajoyib sayt. Qolaversa zamoniy tehnologiyaga asoslangan yangicha ta’lim dasturingizni ko’pchilik ustozlarga tafsiya qilsa arziydi. Saytdagi barcha habarlarni har doim kuzatib borishga harakat qilaman.

  27. Shoxojayeva Umida:

    Izlanish va kerakli ma’lumotlardan uz vaqtida xabordor bulishda biz kabi ijodkorlar uchun bu saytning axamiyati katta deb o’ylayman!

  28. Bu sayt orqali insonlarni manaviy qarashlari yanada oshadi. Ustoz Tölqin Eshbek talabalarni tög’ri yölga boshlashga va ta’lim tarbiya berishda aniq tög’ri yöl körsatmoqda. Bu inson maruza darslari ham talabalarda unutilmas lahzalarni yodda qoldirmoqda. Rahmat sizga ustoz

  29. Ma’naviyatimizni rivojlanishida buyuk allomalarimiz Ahmad al-Farg’oniy va Muso Muhammad al-Xorazmiylarning nomini tilga olamiz albatta. Biz shunday ajdodlarimizga mos ravishda yurtimiz ravnaqini yuqorilarga olib chiqadigan ma’naviyatli insonlar bölib yetishishimiz zarur.

  30. бу сайт билан ижодий ҳамкорлик қилсак бўлар экан.

  31. Устозимиз Тўлқин Эшбек очган сайт бўлажак, нафақат бўлажак балки ҳозирда журналистика соҳасида қалам тебратаётган барча ёш ва навқирон ижод аҳлига қўл келади деб ўйлайман. Бундай сайтлар янаям кўпайишини тилаб қоламан.

  32. Nimanidir qayerdadir eshitib javob berish bu nodonlik, kitobdan yoki biror bir aniq manbalardan körsatilganni öqib keyin javob berish bu tög’ri yöl. Aynan bu fikr ustoz Tölqin Eshbekovga tegishlidir. Bu nafaqat fikr balki haqiqatdir. Bu butun bir odamzot ha tög’ri deb tan oladigan haqiqatdir.

  33. Bu saytni yanada yuksaklarga ko’tarish uchun uni dunyoga taratish kerak.

  34. MA’NAVIYATLI INSON HECH NIMANI CHETDA QOLDIRMAYDI VA CHETDA QOLMAYDI

  35. Bu sayt bizlar eng zo’r sayt.

  36. komil sagdullayev:

    manaviyatli insonlar yurtmiz korki va yuzi ekanligiga yana bir bor iwonch hosil qildim 2- kurs awula va raqs talabasi k.sagdullayev

  37. Ustoz kechagi tadbiringizdagi nutqingizni eshitdik juda zo’r chiqdi Uchildiz haqida juda ko’p ma’lumotga ega bo’ldim.

    • Эътиборингиз учун ташаккур. Бу сайт аслида Сиз азиз талаба-ёшларимизники! Чиройли фикрлар ёзаверинглар, у ўзига хос форум ҳам бўлади албатта.

  38. Inson bir narsa uchun harakat qildimi unga albatda erishadi.

  39. Hayotni Ulkan bog’ga o’hshatish mumkin Uchildiz Sayti esa undagi sarhil mevalardan biridir undan oqilona foydalanmoq kerak Vaqtni esa har bir soniyasidan nimadir o’zingzga kerakli bo’lgan narsa ilm, bilm va h ,k larni topish uchun sarf eting. Hozrda siz uchildiz Saytidamisiz demaksiz to’g’ri yo’ldasiz chunki siz boshqa saytda bo’lishingiz ham mumkin edik a labay .

  40. Ustoz Uchildiz.uz sayti dunyoga taralib o’zining eng yuqori cho’qqisiga erishadi va o’zidagi ma’lumotlarni yanada kengaytirib hozirgidanda ko’proq ma’lumot ega bo’ladi.

  41. Ustoz katta kurslardan Uchildiz.uz sayti haqida yanada ko’p ma’lumotga ega bo’ldim.

    • Ана шу катта курсдаги ака-опаларингиз ташаббуси ва саъй-ҳаракатлари билан ташкил этилган бу талабалар сайти фаолиятини янада сермазмун қилиб давом эттирасизлар деган умиддаман.

  42. Hammaga salom! Hammangizning fikrlaringizni uqib chiqdim bu veb sayt menga juda yoqdi. Men hali maktab uquvchisi bulsamda uz ustimda juda kup ishlayman bu borada menga uchildiz .uz sayti yordam beryapti

  43. Singillarimning bu fikrlari meni to’lqinlantirib yubordi haqiqatdan ham ustoz aytganlaridek ko’pchilikning say harakatlari natijasida bu saytga duru gavhar fikrlar jamlanib guldastaga aylanmoqda.Kelajakda ustozdan yanada g’ayrat bilan ishlab talabalarga bundanda sermazmun asarlar va maqolalar yetkazishini so’rab qolamiz…

  44. Assalomu alaykum uchildiz.uz sayti ijodkorlari va foydalanuvchilari, omonmisiz? Barcha fikr-mulohazalar bilan tanishib chiqdim. Shu o’rinda o’z fikrimni bildirib o’tmoqchiman. Ushbu sayt bugungi axborot xuruji xavf solib turgan zamonda muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni ezgu maqsadlarga chorlash, fikr almashish, o’zlari sevgan internet maydonidan uzoqlashmagan holda bilim berish katta mahorat talab etadi. Bu kabi saytlar sonini birgalashib ko’paytirsak, menimcha, hech qanday mafkuraviy xavf bizga ta’sir o’tkaza olmaydi. Bunday maqsadlarga erishish uchun ustozimiz To’lqin Eshbekovdek talabaga do’st, jonkuyar insonlar yo’lchi yulduz vazifasini o’taydi.

  45. Inson avvalo bir narsa uchun harakat qildimi unga albatta erishadi.

  46. Bu sayt izlanuvchan talabalarni yanada izlanishga va ijod qilishga undaydi. Bizni qiziqtirgan yangiliklarning barchasi bilan sayt kerakli ma’lumotlarni yetkazib beradi.

  47. Sayt izlanuvchan talabalarni yanada izlanishga va ijod qilishga undaydi.

  48. Malika Daniyeva:

    Assalomu aleykum sayt ijodkorlari va foydalanuvchilari. Bu kabi sayt yaratish g’oyasi juda ham ajoyib. Ayniqsa hozirgi davrda yoshlarni bilim olishga jalb etishning mazkur usuli o’z samarasini berib kelmiqda. P.S. turli sayt va forumlar orqali dars olib borish jahon ta’limida ham sinalgan va samarali usul hisoblanadi. Menimcha fakultetimizdagi har bir fanning inertnet sarhtida ana shunday o’z manzili bo’lsa o’qituvchilarga ham talabalarga ham ancha qulaylik yaratilardi. Chunki fanga oid ma’rualar matni, maqolalar, tengdoshlarimiz fikri birgina saytda mujassam.
    O’ylashimcha aslida bu sayt ijodkorlari ham foydalanuvchilari ham biz talabalar. Shunday ekan uchildiz.uz ni yanada mukammallashtirishda bizga omad! 🙂

  49. assalomu aleykum sayt ijodkorlari va bo’lajak yurtimiz tayanchlari. Yuqoridagi fikrlarni hammasini o’qib chiqdim. Men ham shu fikrlarning hammasiga qo’shilaman. Bu sayt bizga bir qancha imkoniyatlar yaratib beradi. Avvalo yosh ijodkorlar bilan tanishamiz, fikr almashamiz, o’z ijodimizdan na’munalar ham yozib borish imkoniyatiga ega bo’lamiz.

  50. buning uchun ustozimiz To’lqin Eshbek domlaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Saytni faol qilishga o’z hissamni qo’shishga harakat qilaman. Buning uchun hali ham uxlab yotgan qirralarimni uyg’otishga sizni yordamiz kere deb o’ylayman ustoz 😀

  51. Davlatova Aziza:

    Bugungi kunda yurtimizda, bizga ma’lumki ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilmoqda, bu sohaga davlat byudjetining katta qismi ajratilgan bo’lib, ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga imkoniyatlar yaratishga alohida ahamiyat berilmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov, o’zlarining «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir» deya takidlab o’tganlar. Yurtimizdagi ta’lim sohasi ham aynan shu «Sharqona hayot falsafasi» ga monanddir.
    Ushbu veb-saytdagi «Baxtli hayot» daraxtining har bir ildizi ( komil inson, kasb hunar, sevgiga sadoqat) biz yosh avlod uchun baxtli hayotni yaratishimiz uchun albatta muhum hayot qonuniyati bo’lib qolmog’i lozim. Mening fikrimcha ushbu veb-sayt biz-yosh avlod, talaba, ijodkorlar uchun yorqin kelajagimizni yaratishimiz uchun alohida o’rin tutadi.

  52. Bu sayt orqali nafaqat qalamimiz charxlanadi balki fikrlash doiramiz ham anchagina kengayib bormoqda. Chunki tengdoshlar bilan fikr almashib turish bizni yanada ko’proq izlanishga, o’qishga chorlaydi. Omad.

  53. Shu narsani quvonch bilan tilga olib o’tishimiz kerakki,ustozimiz bizga masofadan turib dars o’tishlari natijasida talabalarning nafaqat bilimlari balki,ularda internetdan foydalanish salohiyati yanada yuksaldi.

  54. Inson dunyoga keldimi,o’zidan keyin faqatgina 2ta narsa qoldirib ketar ekan.Birinchisi farzandlari bo’lsa,ikkinchisi yaxshi yoki yomon nom.Men hoxlardimki ana shu yaxshi nomni,ijodimizning ilk qatralarini mana shu saytda qoldiraylik.

  55. Mazkur saytni do’stlarimga ham tavsiya qilgan edim. Ularga juda ma’qul bo’libdi. Endilikda abituriyent singillarim ham bu yerda muqim qolishliklarini aytishmoqda ))

  56. Rahima Abdullayeva:

    Kelajakda qanday nufuz bilan yuritilishi bizga bo’liq!

  57. Bayram Ali:

    Izoh qoldira olmayapman…

  58. Bayram Ali:

    E’tibor uchun sayt ma’muriyatidan ham, ustoz To’lqin Eshbekdan ham minnaddorman…
    Aziz do’stlar, qayerdaki samimiyat bo’lsa, o’sha yerda xolis do’stlik bor! Qayerdaki xolislik bo’lsa o’sha yerda o’sish, rivojlanish bo’ladi!

  59. Bayram Ali:

    …Nainki bu yerda ko’pchiligimiz yoshlar ekanmiz, sizlardan bir iltimos. Azizlar, do’stona, xolis adabiy aloqalarni yo’lga qo’yaylik. Tez-tez forumlar tashkil qilib, fikr almashib turaylik. Bir birimizga ochiq xatlar yozaylik. Birortamizda Qodiriy, yo Zulfiya chiqish-chiqmasligi hali nomalum. Lekin hazrat Navoiy aytganlariday «Zafar Allohning inoyati bo’lsada, harakat unga eltuvchi mutabar sababchidir»

  60. Bayram Ali:

    Hamma yoshlarga omad va zafarlar tilayman. Uzun matnga ruxsat berilmagan ekanmi… So’zlarimni bo’lib jo’natishga majbur bo’ldim. Oqibatda esa aytmoqchi b.n asosiy gapim xotiramdan o’chdi.
    M. Shaloxov bizning yoshimizda raman yozganligi haqida nimadir demoqchi edim…

  61. Сайт ташкил топгандан сўнг кечикиб бўлса-да фикр билдираётганимдан мамнунман.
    Модомики, шундай сайт ишга тушган экан, модомики, uchildiz.uz нафақат ёшларнинг, балки кенг жамоатчиликнинг ижод ва маҳорат бобида учрашув майдонига айланган экан, бу ҳодисадан хурсанд бўлмоғимиз лозим. Аллақачон севимли сайтимиз саҳифаларида баракали ижод қилиш барчамизга муборак бўлсин.

  62. Шаҳло Холдорова:

    Сайтингиз бўлажак журналистлар учун катта куч бўлишига ишонаман. училдизнинг томирлари мустаҳкам бўлиб, гуллаб яшнайверсин. Мен сизнинг собиқ шогирдингиз сифатида сайтингизни ривожланишига ўз хиссамни қўшишга ҳаракат қиламан. Ҳамиша омад ёр бўлсин!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *