Xayr onajon
Tongdan bolalarga nisbatan bemehrlikka guvoh boʻlib o‘qishga yo‘l olgandim.
Hayol surib yo‘lda ketayotgan bir paytimda. Bir ona koʻchada oʻsmir qizini qattiq urishdi, oʻsmir taʼsirchan qiz, atrofdagilardan uyaldi, jahli chiqdi, mungli qaradida yigʻladi. Yonidagi kichik singlisini yetaklab koʻzida yosh bilan ketaverdi. Bogʻcha yoshidagi qizaloq opasiga achinibmi yo bogʻchaga borgisi kelmaymi, paymonasi toʻlib turgan ekan. Onasiga “Xayr” dedi, keyin yigʻlab yana xayr dedi, talpindi. Orqasiga burilib onasi tomonga intildi. Ona bir quchib qoʻyish yo shirin soʻz aytish u yoqda tursin, zorlangan “xayr”ga javob ham bermay, burib jahl bilan ketdi. Ikki qiz erta tongni yigʻlab boshlashdi. Qizaloqni quchib ovutgim keldi, lekin unga men kerak emasdim oʻsha paytda. Uning yagona istagi onasi bilan hamma bolalar kabi quvonch bilan ona mehri bilan bog‘chaga yo‘l olish edi. Bolalarni urishamiz, tarbiyalaymiz, albatta bunday holatlar boʻladi, bolalarning yoshlik chog‘ida ko‘nglini sindirmaslik kerak, ular sizdan yiroqlashib ketishi mumkin. Lekin tarbiyaning vaqti bor, joyi bor. Asosiysi, oʻzi tarbiyami bu???
Sevinch MINGBOYEVA,
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universetiti Jurnalitika fakulteti talabasi.
Сўнгги фикрлар