Yer yuzida tinchlikning yagona kaliti barcha xalqlar do‘stligidir

Tinchlik va do‘stlikni qaror toptirish, avvalo shaxsning o‘zi va oilasidan boshlanadi.

So‘ngra bu tushuncha jamiyat va xalqaro miqyosga ko‘tariladi.

photo_2022-12-06_07-51-01

Tinchlik, do‘stlik va yarashuv kabi jumlalar insoniyat tarixining boshidan beri eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar qatoriga kiradi. Shuningdek, bu tushunchalar Qurʼoni Karim, Injil, Tavrot kabi samoviy kitoblar hamda tasavvufiy, falsafiy, diniy va adabiy asarlarda taʼkidlanganidek, turli tasavvuf, adib, donishmand, shoir va allomalar tafakkuridan o‘rin olgan.

Xossatan, maʼrifat ahli tasavvuf adabiyotida tinchlik, murosa va do‘stlik tushunchalarini tasvirlashga katta ahamiyat berib, o‘z asarlarida odamlarni bot-bot tinchlik va do‘stlikka chorlaganlar.

«Guliston» Saʼdiy Sheroziyning mashhur sheʼriy asari bo‘lib, odamlar orasida tinchlik va do‘stlik munosabatlarini o‘rnatishga oid o‘g‘itlar uning asari II bobi, «Shohlar tarjimai holi»da uchraydi. Saʼdiy, jumladan, quyidagi to‘rtligida barchani do‘stlikka chorlaydi va u yer yuzidagi barcha insonlar o‘rtasidagi insonparvarlikning umumiy tushunchasini taqdim etadi.

بنی آدم اعضای یکدیگرند                       که در آفرینش ز یک گوهرند

چو عضوی بدرد آورد روزگار            دیگر عضو ها را نماند قرار

تو کز محنت دیگران بی غمی             نشاید که نامت نهند آدمی

 

Bani odam aʼzoyi yakdigarand, ki dar ofarinish zi yak gavharand

Chu ʼuzvi badard ovarad ruzgar, degar ʼuzvihoro namonad qaror

Tu kaz menhnat degaron beg‘amiy, nashoyad ki nomad nehand odamiy

Tarjimasi:

«Odam farzandlari ibtidoda bir gavhardan bino bo‘lganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, qachonki uning bir aʼzosiga jarohat etkazsa, boshqa aʼzolari ham o‘z tinchini yo‘qotadi. Inson dardiga hamdardligingiz bo‘lmasa, inson ismini siz saqlay olmaysiz…»

Har bir millatning o‘z madaniy va maʼrifiy elchisi bo‘lganidek, Alisher Navoiy ham turkiy millatlar o‘rtasida, shu jumladan biz – afg‘onlar mintaqasidagi do‘slik va madaniyatning buyuk elchisi bo‘lgan. Bugungi kunlarda O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida tinchlikni saqlash va do‘stona aloqalarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan. Chunki O‘zbekiston Respublikasi 130 dan ortiq turli millatlarni yagona bayroq va gerb ostida birlashtirgan davlatlardan biridir.

Do‘stlik va do‘st tutinish insonni yolg‘izlikdan chiqarib, hayotini shod va quvnoq qiladi. Shu bois ham aksariyat kishilarning norozi kayfiyati sababi yolg‘izlik bo‘ladi.

O‘tmishda insoniyat jamoalari milliy tendensiyalar, irqiy kelib chiqish va diniy eʼtiqodlar taʼsirida bir-biridan alohida yashagan. Turli hollarda iqtisodiy manfaatlar bilan bir qatorda boshqa turli xil omillar xalq va millatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib, ular o‘rtasida urush va nizolarni keltirib chiqardi.

Uzoq vaqt davomida turli mamlakatlarning rahbarlari tinch-totuv yashash va o‘zaro tinchlik o‘rnatish haqida gapirib kelmoqdalar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi ham ushbu tamoyilni qo‘llab-quvvatlaydi. Islom dini ham tinchlik va do‘stlik bilan uyg‘unlashgan tinch-totuv yashash tamoyilini tavsiya etibgina qolmay, turli elat va millatlar bilan do‘stlik va mehr-muhabbatni vujudga keltirishga daʼvat etadi:

«Ey insonlar, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik va bir-biringiz bilan tanishishingiz yoki o‘zaro tushunishingiz uchun sizlarni millat va qabilalarga aylantirdik». [Hujurot surasining 13-oyati]

Agar xalqlar bir-biri bilan samimiy salomlashsa, bir-birini ochiq yuz bilan qabul qilsa va o‘zaro munosabatlarida biror muammo tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘sha kuni biz hech qanday tashvishsiz, yomonliklarsiz, yovuzliklarsiz hayotni boshlaymiz. Zero, yer yuzida tinchlikning yagona kaliti barcha xalqlar do‘stligidir.

 

Farxunda Frutan Amiriy,

O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *