Yoshlar va tarixiy bilimlar

ЎзМУ Тарих факультети талабаси Насиба Нарзуллаеванинг ижодий изланишлари унинг келгусида етук олима бўлишидан дарак беради, дейди Дониш домла.

Har bir inson o`z xalqi tarixini bilish, o`rganish va o`zga xalqlar o`tmishi va madaniyatiga hurmat ko`zi bilan qarashi lozim. Tarixning jamiyatimizdagi eng muhim ahamiyati – u o`tmishimizdan saboq berib, umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyat timsolida bunyodkorlik va ezgulikka qarab intilishni, hech qachon, yovuzlik bilan maqsadga erishib bo`lmaslikni, har qanday vaziyatda ham tarixiy haqiqat bilan yondashishni o`ragatadi. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Vatanimiz tarixini va xalqimizning boy madaniy merosini haqqoniy xolisona o`rganish va yangicha tadqiq etish dolzarb vazifaga aylantirgani barchamizga sir emas. Shu munosabat bilan ta’lim tizimimizning har bir yo`nalishiga  tarix fanini o`qitish yo`lga qo`yilgan. Yoshlarning ma’nan yetuk bo’lib shakllanishida turli sohadagi bilimlar suv va havodek zarur. Xuddi shu bilimlar orasida tarixiy bilimlarning o`rni o`zgachadir. Yoshlar ongida ma’naviy bo`shliq bo`lmasligi, uning o`rniga tarixiy bilimlar ahamiyatini oshirsak kelajak avlod o`zining kimlarning avlodi ekanliklarini har soniyada his etib tursa,  tarix haqiqatini to`la-to`kis bilsa, o`rgansa  bunday avloddan  yorqin kelajakni kutish mumkin.

Tarixning ne-ne sinovlarni boshidan kechirgan xalqimiz to`g`risida kelajak avlodni boxabar qilish barchamizning asosiy maqsadimiz bo’lishi kerak. Zero,yoshlar tarix haqiqatini qancha chuqurroq bilsa, kelajagimiz shuncha yorug` va istiqboli buyuk bo`ladi. O`zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asrida “Inson har qanday sharoitda ham o`zining o`tmishini bilmasa, xato qiladi. Biz kechagi tariximizda ro`y bergan mudhish kunlar haqidagi ma’lumotlarni yosh avlodga o`z vaqtida  yetkazsak, ularning ongida hech qachon bo`shliq paydo bo`lmaydi. Bo`shliq degani shuki, kimlardir doim uning o`rnini bir narsa bilan to`ldirish payida bo`ladi va qo`yib bersangiz, bunday “chaqqon”lar istagancha topiladi. O`zining egri niyatiga erishish uchun, kerak bo’lsa, katta pul ishlatadi, eng yomoni, muqaddas islom dinini buzib ko`rsatishga urunib, yoshlarimizni to`g`ri yo`ldan chalg`itishdan ham toymaydi”[1]. Bu jumlalar zamirida olam-olam ma’no bor, albatta. Barchamizga sir emas aqidaparastlik, diniy ektremizm, terrorizm oqimlarlarining yo`liga kirib ketganlarning ko`pchiligini asosan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning bu yo`lga kirib qolishi ularning ongida ma’naviy bo`shliqdan darak bermaydimi?. Undan ko’ra shu bo`shliq o`rnini kerakli bilimlar bilan to’ldirsa, o`z xalqi tarixini o`rgansa, hech qachon bunday razil yo`llarga kirib ketmaydi.

Tarix bizning bugungi kunimizni, kelajagimizni yanada yorutuvchi mash’ala. Tarixini unutgan xalq ko`zi ko`r insonga o`xshaydi. Bu fikrimizni buyuk bobomiz Islom Karimov ham o`z asarlarida quyidagicha fikrni ilgari surgan.“Tarixni unutgan xalq, jamiyat o`z yo`lini yo`qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo`q.

Bugun yurtimizda kechagi kunni eslamaydigan,ajdodlarini, bobolarini yodga olmaydigan odamning, o`zi yo`q desam, adashmagan bo`laman. Dunyo tarixida qudratli saltanat yaratgan sohibqiron Amir Temur  bobomiz, o`z aql-zakovati, ulkan ilmiy salohiyatim bilan jahon tamadduniga beqiyos hissa qo`shgan buyuk allomalarimiz Samarqandda bo’lib o`tgan”O`rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarimiz, aziz-avliyolarimiz bilan kim faxrlanmaydi deysiz? O`tgan yili Samarqandda  bo`lib o`tgan “O`rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyasiyada dunyoning 50 mamlakatidan kelgan atoqli olimlar bu tarixiy merosni butun insoniyat manfaati yo`lida birgalikda o`rganish, uni targ`ib-u tashviq qilish, amaliy qo`llash kerakligini alohida ta’kidlangani, aytinglar, hammamizga g`urur va iftixor bag`ishlamaydimi?

Biz ko`pincha bu borada ham kamtarlik qilamiz. Lekin mening tilagim, istagim shuki, bu haqda ko`proq gapirish, merosimizni ko`proq gapirish, merosimizni ko`proq va chuqurroq o`rganish kerak. Buyuk ajdodlarimizni, ota-bobolarimizni eslash degani – bu o`zimizga tan berish deganidir. Men ana shunday fikrdaman. O`zimizga tan beradigan bo`lsak, avvalambor, bizdan oldin o`tgan ajdodlarimizga tan beraylik. Ular qanday insonlar edi, qanday hayot kechirgan, o`zidan qanday nom qoldirgan edi, degan savollar haqida o`ylash lozim. Shu o`rinda dog`istonlik mashhur shoir Rasul Hamzatovning, agar sen o`zingdan oldin o`tganlarni miltiq bilan otadigan bo`lsang, avlodlaring seni zambarakdan o`qqa tutadi, degan mazmundagi fikri yodimga tushdi. Bu gapda haqiqatan ham chuqur ma’no bor.

Shu borada yana bir fikrga e’tibor berishingizni istardim. Fashizmga qarshi  jangga kirgan bizning ota-bobolarimiz qandaydir bir tepalik yoki qaysidir bir  “ulug` dohiy” uchun jon bermagan. O`zbek o`g`lonlari, avvalambor, o`zi tug`ilgan shahar va qishloqni, o`z ona-yurtini, o`z yaqinlarini, mehribon otasi va onasi, sevikli yori, jondan aziz farzandlarini ko`z oldiga keltirgan holda beomon jangga kirgan, shu muqaddas Vatanimiz uchun jonini fido qilgan.”[2] Darhaqiqat ajdodlarimizning shuncha zahmatlari evaziga biz mustaqil davlat bo`ldik. Mustaqillik esa bizlarga erkinlik, tinchlik,hotirjamlikni tuhfa etdi.

Mana bugun  bizlar uchun shodiyona kun ya’ni mustaqilligimizning chorak yoshga to`ldi. Mustaqil O`zbekistonimiz  karvon misol uzoq va olis, asosiysi yetuklik yo`liga ildam qadam tashlab bormoqda. Hozirgi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodga tarixiy bilimlarni berish juda ham yaxshi yo`lga qo`yilgan. Biz yoshlar mustaqillik bolalarimiz. Sobiq sho`ro davridagi tariximiz, ma’daniyatimizga bo`lgan munosabatlarni faqat shu to`g`risida yozilgan xotiralardan o`qib bilib olamiz. Xuddi shu masala xususida buyuk  bobomiz Islom Karimov  shunday deydi:

“Ilgari maktablarda O`zbekistonning haqiqiy tarixi o`rgatilmas edi. O`tgan asrning 17 yilidan boshlab yozilgan tarix kitoblari yolg`on  g`oyalar asosida yaratilgani sir emas.

Toshkent shahrida Qatog`on qurbonlari xotirasi muzeyini ochganimizdan xabaringiz bor. Maqsad – odamlar haqiqiy tarixni bilsin. Lekin mana shu yaqin va uzoq tarix haqidagi haqiqatni yozishga, uni farzandlarimizga yetgazishga intiladigan fidoiy odamlar, afsuski, juda kam. Sovet davridagi zulm va qo`rquvga  asoslangan mafkura, siyosatning ta’siri bizning qon-qonimizgacha singib ketgan, ichimizdagi qo`rqoqlik hali ham, taassufki, to`liq barham topgani yo`q.

Kechagi tarix biz uchun hayot maktabi, bamisoli tiniq bir ko`zgu. Unga qarab saboq olamiz, xulosa chiqaramiz, kelajak yo`lini belgilaymiz.[3]

Tarixga e’tibor jamiyatga, kelajakka e’tibordir. Shu sababdan bobomiz Islom Karimov barchamizga  tarix ilmini chuqurroq o`rganishga, undan saboq chiqarib yashashimiz lozimligini ko`p bora ta’kidlardi. Bobomiznizning shu jumlalarini o`qigan har bir yosh avlod menimcha o`z  xalqining o`tmish tarixini yanada chuqurroq o`rganishga harakat qiladi desam aslo adashmasam kerak.

“Men, avvalambor, yoshlarimizga qarata aytmoqchiman: o`qing, tarixni o`rganing, tarixini, o`tmishini bilgan odam kelajakda adashmaydi.”

Xulosa qilib aytishim mumkinki, tarix – bizning kamchiliklarimizni, xatolarimizni to`g`irlovchi dasturamaldir. Tarix – borlig`imiz, kelajagimizdir. Shunday ekan tarixsiz kelajakni tasavvur qilib bo`lmaydi. Tarixiy bilimlar orqali kelajakni barpo etamiz. Keling, aziz yoshlar vaqtimizni bekorchi narsaga sarflamasdan boy tariximizni o`rganaylik,  o`sib kelayotgan yosh avlodga biz kimlarning avlodi ekanligimizni ham yetkazaylik. Zero, ular fahr va g`urur tuyg`usini  his etib yashasin va ajdodlarga munosib avlod bo`lsin.

 Nasiba Narzullayeva,

O`zMU Tarix fakulteti II-bosqich talabasi

___________________________________________

[1]Karimov I. A.Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – Toshkent: O`zbekiston.2015 yil

[2]KarimovI. A.Onayurtimizbaxt-uiqbolivabuyukkelajagiyo`lidaxizmatqilish – engoliysaodatdir. – Toshkent: O`zbekiston.2015 yil

 

[3]KarimovI. A.Onayurtimizbaxt-uiqbolivabuyukkelajagiyo`lidaxizmatqilish – engoliysaodatdir. – Toshkent: O`zbekiston.2015 yil

 

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>