Талабалар ижодидан
Дурдона Қурбонова ўз мухлислари қалбини забт этаётган ёш истеъдод
соҳибаси. унинг шеърлари ҳаёт ва қалб кечинмаларига пайваста, дейди Дониш домла унга омад тилаб.
BAXOMIZNI QO’YING DOMLAJON
O’qidik, intildik ko’p bilim oldik,
Quvonib oxiri o’qishga kirdik.
Bir olam quvonchla ila Toshkentga keldik,
Siz ham bizni qiynamang endi Domlajon?!
Matematika, fizika ko’p misol yechdik,
Pulni tejash uchun ovqatdan kechdik.
Roltonni yedigu, suvini ichdik,
Siz ham bizni qiynamang endi Domlajon?!
Uyni sog’inganmiz, manzillar uzoq,
Bizlarni demangiz aqilsiz buzoq.
Qiyin savollar bilan qo’ymangiz tuzoq,
Siz ham bizni qiynamang endi Domlajon?!
Oddiy bir qishloqdan kelgandi hamma,
Qorni ham ochganda yegani gumma.
Sizga bir iltimos yo’llar talaba,
Iltimos qiynamang siz ham Domlajon?!
Orzulari osmon, qalbi lolazor,
Sizga havasdamiz aziz Domlajon.
Biz ham sizday bo’laylik niyatla har on,
Iltimos baxomiz qo’ying Domlajon?!
Durdona Qurbonova,
O’zMU Fizika fakultetining 1-bosqich talabasi
Assalomu alaykum, hurmatli ilmga chanqoq mushtariylar. Barchangizning ijodingizga va hayot yo’lingizga omad tilayman! Meni va ijodimni chetda qoldirmaganligingiz uchun barchangizga raxmat!