Axborot xati
«Ta’lim va fan barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida» mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiya o`tkaziladi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KONFERENSIYA TASHKILOTCHISI: MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI VA FALSAFIY TADQIQOTLAR ILMIY MARKAZI «TA’LIM VA FAN BARQAROR RIVOJLANISH MANFAATLARI YO‘LIDA»
MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-NAZARIY KONFERENSIYA
Konferensiyaning maqsadi: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida ijtimoiy-ma’naviy rivojlantirishning tajribasini ta’lim va fan taraqqiyoti nuqtai nazardan o‘zaro bog‘langan holda tahlil etish, ushbu sohadagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar natijalari muhokomasi. Tegishli taklif, tavsiyalar ishlab chiqish.
“Ta’lim va fan barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida” mavzudagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyada ishtiroq etishga taklif etamiz. Konferensiya 2016 yil, 15-16 dekabrda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.
konferensiya shu’balarI:
Fuqarolik jamiyatini rivojlanish davrida ta’lim va fan rolini oshirishning metodologik muammolari.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida ta’lim va fanni rivojlantirishining innovatsion jihatlari.
Demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy islohatlar ko‘lamida ta’lim va fanning o‘rni.
Falsafiy va ijtimoiy fanlarga doir ilmiy izlanishlarni rivojlantirish imkoniyatlari.
Oliy ta’limni isloh qilish jarayonida ta’lim va fanning integratsiyasi
Ta’lim va fan integratsiyasining barkomol avlodni shakllantirishdagi roli.
Ta’lim va fanning ekstrimizm va axborot xurujlari xavfini bartaraf qilishda muhim omilligi.
Eslatma: maqolalar va tezislar yangi, ilgari nashr etilmagan, ilmiy amaliy, innovatsion ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.
ISHTIROKCHILAR UCHUN TEZIS-MAQOLALAR TOPSHIRISH TARTIB — QOIDALARI:
Maqolalar va tezislar 2016 yil 10 noyabrga qadar elektron pochta orqali faylda, muallif familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilib va keltirilgan shakldagi anketa ilova qilingan holda qog‘oz varianti bilan birga taqdim etiladi.
anjuman rasmiy tili – o‘zbek, rus.
maqola xajmi 4-5 bet;
barcha matn shrifti — Times New Roman; shrift xajmi 14 RT;
qatorlar o‘rtasidagi interval 1,5; Barcha xoshiyalar 2 sm, havolalar sarlavha shrifti: 14 hajmdagi bo‘rttirilgan rangda, o‘rtada;
Mavzuning nomi katta xarflar bilan qoraytirib, qatorning o‘rtasida, keyingi qatorga 2-3 qatordan iborat qisqacha o‘zbek, rus, ingliz tilida annotatsiya beriladi. Adabiyotlar ro‘yxati matnning oxirida alfavit ketma ketligida keltiriladi.
Ixtiboslar, havolalar matn quyisida alohida tartibda, har betda keltiriladi;
ANKETA- muallif haqida ma’lumotnoma (F.I.O., ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ish joyi va lavozimi, telefoni, elektron adresi: e-mail ko‘rsatilgan holda) ilova qilinadi (shrift 14 qora harflarda);
Tashkiliy qo‘mitaga to‘lanadigan badal miqdori har bir maqola uchun 40 ming so‘mni tashkil etadi.
Konferensiya ishtirokchisiga nashr qilingan maqolalar to‘plami topshiriladi.
Matnlarning ilmiy saviyasi chop etiladigan talablarga javob berishi lozim.
Berilgan maqolalar taqrizchilar tahlilidan o‘tadi. Konferensiya mavzusi va nashr etish talablariga javob bermaydigan matnlar qabul qilinmaydi. Materiallarni qog‘oz va elektron variantda quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz.
Manzil: Toshkent, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, bosh bino 10-qavat, 107-xona. f.f.d., prof. Z.R.Kodirova tel. (+99893) 594-57-09, Z.A.Abidova, katta ilmiy xodim-izlanuvchi tel. (+99890) 3267410 E-mail: konferenciya.uzmu@gmail.com
Anketa
Familiya
Ismi
Otasining ismi
Ilmiy darajasi
Ilmiy unvoni
Lavozimi
Tashkilot nomi
Pochta indeksi
Mamlakat
SHahar
Ko‘cha, uy
Telefon
Faks
Ma’ruza mavzusi
Сўнгги фикрлар