Ayollar kiyimi qayerda va kim tomonidan sotilishi kerak?

Eng gavjum joy bu — bozor.

U yerda yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan odamlar tun-u kun yurib roʻzgʻor tebratishadi.

1

Bir tarafdan goʻsht bozor, bir tarafda meva, yana boshqa buyumlar alohida-alohida qilib sotiladi. » Lekin» degan soʻz aynan hozirgi vaziyatga ishlatilsa kerak dilingni xira qilib, asabingni buzadigan holat bu ayollar ichki kiyimining har joyda yoyilib huddiki muzey ekspanatidek ilinib qoʻyib sotilishi.Bozorga kirishingda bir qari amaki har xil uy pishiriqlari sotadi,u yonida yosh yigitlar erkaklar kiyimini, sal nariroqda oʻnga yaqin erkaklar tilla, dollar deb turgan joyning naqd oʻrtasida bir ayol va baquvvat shop moʻylovli erkak ayollar ichki kiyimini sotish uchun turishibdi.

Ayol bilan suhbatda aytadiki «toʻgʻri noqulay lekin tirikchilik ham kerakku qani shu kiyimlar uchun alohida joy ajratilib berilsa biz ham sotaveramiz uyalamiz bazida» deya gapini tugatmasdan xaridor kelib qoldi. (Bozorchilar tilida klent keldi deyilarkan) Hayron qolganimiz shuncha erkak boʻlsa ham huddi koʻzi koʻrmayotgandek oʻziga oʻlchab koʻrib, qanday rangidan olsam ekan deya erkak sotuvchidan ham maslahat soʻrab qoʻygani. Biz erkak sotuvchidan bu haqda oʻz fikrini soʻrashga qanchalik uyalgan boʻlsak, u shunchalik gʻurur bilan savdo qilar edi.

Bu kuniga takror-takror aytilayotgan mentaletetimizga qanchalik toʻgʻri keladi.Din tarafdan ham uyat. Gigiyena qoidalariga ham javob bermaydi. Axloq meʼyorlari shu yerda oz boʻlsa ham buzilgan emasmi. Erkak kishiga qirq hunar ham oz degan gap bor, ammo bu na kasbga na hunarga toʻgʻri keladi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak .

Bu kasb bilan erkaklar shugʻullanishini man etib sotadigan ayollarga maʼlum hujjat yoʻlga qoʻyib joy bilan taminlash va uning aynan qayerlarda sotilishini belgilab berish lozim.

2

Diyora MINGBOYEVA,

O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>