Hayotning Eng Buyuk Siri

ЎзМУ Илмий тадқиқотлар бўлими изланувчи ходими Наримонбек

Элчибековнинг таржимаси билан ўзбек китобхонларига тақдим қилинган АҚШлик Ронда Берннинг «Ҳаётнинг энг буюк сири» китобидан намуналарни ўқиб хулоса чиқарганлар ютқазмайди, дейди Дониш домла.

не1

Hech qachon nima uchun bu ish bo’lmadi, demang. Qachonki, bir ish sodir bo’lmasa, demak, bunda bir hikmat bor. Biz bandalar ko’p hollarda o’zimizga nima to’g’riligini bilmaymiz, Robbimiz esa har narsani biladi va bizga eng a’lo yechimni ko’rsatadi. Hech qachon afsus qilmang va Allohga tavakkul qiling!

***

Siz orziqib kutgan, umid qilgan narsalar kutilmaganda keladi… Doimo ijobiy chastotada bo’ling!
***
Agar bizning harakatlarimiz sof-samimiy niyatlarga asoslangan bo’lsa, qalbimiz afsuslanmaydi, yoxud, bezovta bo’lmaydi. Qalbingizga quloq tuting…
***
Siz jonli to`lqin uzatuvchu minorasiz va siz yer yuzida qurilgan har qanday teleminoradan qudratliroqsiz. Siz Koinotdagi eng qudratli to`lqin uzatuvchi minorasiz. Sizdan tarqalayotgan to`lqinlar hayotingizni yaratadi, dunyoni yaratadi. Siz to`lqin uzatayotgan chastota shaharlardan, mamlakatlardan, bizni o`rab turgan ushbu dunyodan ham uzoqroqqa yetib bora oladi. U butun Koinot uzra aks-sado beradi. Va siz bu to`lqinni fikrlaringiz orqali uzatasiz!
Fikrlaringizni uzatishingizdan kelgan tasvirlar xonangizdagi televizoringizda emas, balki, sizning hayotingizda paydo bo`ladi. Fikrlaringiz o`z chastotasi orqali sizga o`ziga o`xshash narsalarni hayotingizga uzatib beradi, o`zingizga qaytaradi. Hayotingizda biror bir narsani o`zgartirishni istasangiz firklaringizni o`zgartirish orqali kanalni, chastotani o`zgartiring.
Ronda Bern
***

Hozirgi holatingiz va atrof muhitga qarab hech qachon xulosa chiqarmang. Siz sharoitni qanday bo`lishini istasangiz ana shunday tasavvur qiling, shu haqida fikr yuriting, sizning istagingizdagi obraz asli HAQIQAT hisolanadi, atrofdagi olam esa YOLG’ONCHI.

***

Hayot sizga imkon berganda undan foydalanishga cho`chimang, o`zgarishlarga tayyor bo`ling, yaxshilab o`ylab ko`rib, bu to`g`ri imkon ekanligiga ishonch hosil qilgach, uni qo`rqmasdan qabul qiling. Shuni ham esdan chiqarmangki, hech qachon va hech qachon shoshilmaslik lozim. Yaratish jarayonida shoshilish degan so`zga o`rin yo`q. Yetishmovchilik degan so`zga ham o`rin yo`q. Agar sizda shubha bo`lsa, kuting! Tasavvuringizdagi obrazga qayting, minnatdorlikni va ishonchni kuchaytiring, qalbingizni koinot bilan hamohanglikka keltiring. Ana shunda Sizda shubha va qo`rquvdan asar ham qolmaydi, shundan so`nggina biror bir ishga qo`l uring.

***

Tortishish qonunining kuchi Sevgi va fikr birlashganda hosil bo’ladi. (Charles Haanel)

***

Shukronalik har qanday dardga davo! Hayotimizda shukr qilishga arziydigan narsalar shunday ko’pki, ularni sanog’iga yetish mushkul. Bularning eng oddiylari quyosh, havo, suv, yer, bulut, o’simliklar, qushlar, jonivorlar va hokazo. Ular uchun minnatdorlik hissini tuying!

«Ҳаётнинг энг буюк сири» китобидан

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>